So’rov yuborish
Single news

Genesis Innovation kompaniyasida dastur ishlab chiqarishning moslashuvchan metodologiyasi!

Kompaniyamiz IT-yechimlarni ishlab chiqishda mahsulot yondashuvi bo'yicha 5 kunlik treningni yakunladi. Koachlar IT sohasida 10+ yillik tajribaga ega mutaxassislar - Bogdan Misyura va Ivan Spresov bo'lishdi. Treningda Agile, Scrum, Kanban, Management 3.0, CI/CD bilan ishlash asoslari hamda kompaniya loyihalari tahlili o‘tkazildi.

Spikerlar rahbarligida biz yangi Agile boshqaruv metodologiyalarini, CI/CD qonunlari bo'yicha to'g'ri ishlashni o'zlashtirdik va mashhur moslashuvchan tuzilmalar: Scrum va Kanban asoslarini ko'rib chiqdik. Nazariyani mustahkamlash uchu o'yinlar o'ynaldi va jamoaviy ishlashga asoslangan amaliy topshiriqlar bajarildi.

Kurs davomida amaliy tadqiqotlar jamoani yaratish tamoyillari, bekloglar, muhandislik amaliyoti va mahsulotni qo'llab-quvvatlash asoslarini qamrab oldi.

Trening yakunlangach, spikerlar barcha xodimlarga malaka oshirish sertifikatlarini topshirdilar. Endilikda har bir xodim Agile Uzbekistan hamjamiyatida o‘zaro tajriba, bilim va takliflar bilan almashishlari mumkin.