So’rov yuborish
Single news

Agile bo'yicha ishlash ketma-ketligi

Agile — bu loyiha ustida ishlashni izchil, o'zgarishlarga moslashadigan dasturiy ta'minotni ishlab chiqish usullari yig'indisidir.

Agile bo'yicha ish jarayoni ikki-uch haftalik qisqa davrlarga bo'lingan. Har bir sikl oxirida jamoa natijalarni tahlil qiladi va keyingisi uchun ustuvor vazifalarni o'zgartiradi. Natijada, har bir sikl uchun mustaqil ishga tushirishga tayyor bo'lgan kichik mahsulot yoki alohida qismi yaratiladi.

Agileni mahsulotning birinchi versiyasini bozorga imkon qadar tezroq chiqarish kerak bo'lgan vaziyatda qo'llash tavsiya etiladi, aks holda raqobatda yutqazish mumkin.

4 ta asosiy Agile g'oyalari:

- Odamlar va ularning o'zaro ta'siri jarayonlar va vositalardan muhimroq;

- Ishlaydigan dasturiy ta'minot hujjatlardan muhimroq;

- Mijozlar va ular bilan hamkorlik shartnomalar va shartlarni muzokara qilishdan muhimroq;

- O'zgartirishlar kiritish dastlabki rejadan muhimroq.

Ko'p qirralilik va moslashuvchanlik bugungi kunda dolzarb, shuning uchun kompaniyamiz ushbu uslubga amal qiladi va undan oqilona foydalanadi!