So’rov yuborish
Single news

21 aprel — Butunjahon ijod va innovatsiyalar kuni.

Hayotning tezlashib borayotgan ritmi turli xil faoliyat sohalarida vazifalarni bajarish uchun ijodiy fikrlashni rivojlantirish va barcha turdagi yangiliklarni amalga oshirish uchun sharoit yaratishni talab qiladi.

Bugungi kunda ko'plab mobil ilovalar, dasturlar va gadjetlar ishlab chiqilgan bo'lib, ularning asosiy maqsadi insonning hayotiy faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan.

Dunyoning boshqa mamlakatlariga tashrif buyurib, bizni hayratga soladigan turli innovatsiyalarni uchratamiz va bu bizni O'zbekistonda ularni tatbiq etish va joriy qilishga ruhlantiradi.

Bizning kompaniya korxonalarning biznes-jarayonlarini avtomatlashtirish uchun qiziqarli va zarur tizimlarni ixtiro qilish va rivojlantirishga o'z hissasini qo'shib kelmoqda.

Zamon bilan hamnafas bo'lish va IT sohasida yetakchi o'rinlardan birini egallash uchun siz tezda o'zgarishingiz va yangi g'oyalarni qabul qilishdan qo'rqmasligingiz kerak!

Genesis Innovation sizning takliflaringiz uchun doimo ochiq!

+998 71 203-42-24 raqamiga qo'n'giroq qiling yoki o'z takliflaringizni igenius.uz saytida qoldiring.

Qo'llab-quvvatlash xizmati 24/7.