So’rov yuborish
Single news

Konferensiyasi ITParkRewind2021

24 iyul kuni «IT Park Rewind 2021» konferensiyasi bo’lib o’tdi va spikerlar IT sohasidagi rejalar va istiqbollar haqida so’zlashdi.

Eng avvalo biz AKT IT Parkning 2 yilligi bilan tabriklamoqchimiz! Yildan-yilga rivojlanish, ishonchli hamkorlar va g’oyalarning muvafaqqiyatli amalga oshirilishini tilaymiz!

Bizning kompaniyamizdan bosh direktor Maxmudov Axror Abrorovich so’zga chiqdi. Prezentatsiyada IT-kompaniyalar uchun imtiyozlar va afzalliklar haqida so’zlandi.

IT Park rezidentlari uchun yaratilgan sharoitlar yordamida biz kompaniya ichidagi jarayonlarni avtomatlashtirdik, faoliyat sifatini yaxshiladik va xodimlar sonini 120 nafargacha oshirdik.

Buning barchasi keyingi bosqichga, ya'ni O'zbekiston hududidagi birinchi loyihalar ofisi yaralishiga olib keldi. PMO joriy etilishi va barcha loyihalarni yangi boshqarish tuzilmasiga o'tkazish sherik-kompaniyalar uchun katta afzallik hisoblanadi va bunda sherik kompaniyaning har bir loyiha menejeri xavf va ziddiyatli vaziyatlarni imkon qadar yo'q qilish, yangi loyihani o'rgatish, ishlab chiqish va ishga tushirishda ishtirok etadi.

Kompaniyaning yana bir asosiy maqsadi – insonlar hayotining ajralmas bo'lagiga aylangan moliyaviy texnologiyalarni faol rivojlantirish bo'ldi. Ushbu sohada jamoamiz tomonidan ishlab chiqilgan loyihalardan nafaqat tijorat tuzilmalarida, balki davlat sektorida ham faol foydalanilmoqda, bu esa o'z navbatida dasturiy ta'minotimizning ishonchliligini tasdiqlaydi.

Barchamiz kelajakka nazar solib, bir necha yildan so'ng bizni nima kutayotganini bilishni istaymiz. Shuningdek, yaratilayotgan yangi axborot texnologiyalari va dolzarb g'oyalar bilan bizni va mahalliy kompaniyalarni porloq kelajak kutayotganiga ishonchimiz komil.