So’rov yuborish
Single news

O'zbekiston hududida moliyaviy texnologiyalarning rivojlanishi.

Bugungi kunda kredit olish, sarmoya kiritish, sug'urta, to'lovlar va pul o'tkazmalari insonlar hayotining ajralmas qismiga aylanmoqda, shu bilan birga moliyaviy texnologiyalar bir joyda turmaydi.

Moliyaviy texnologiyalar yoki Fintech — bu sun'iy intellekt, biometriya, bulutli texnologiyalar kabi innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda moliya sohasida xizmatlarni taqdim etishdir.

Fintex — bir necha asosiy maqsadlarga ega bo'lgan faol rivojlanayotgan soha:

- Bozorda raqobatning rivojlanishiga ko'maklashish;

- Xizmatlarning sifati, assortimenti va hamyonbopligini oshirish;

- Xatarlar va xarajatlarni kamaytirish;

- Xavfsizlik, shaffoflik va texnologiyalarning bardoshliligini ta'minlash.

Bizning kompaniyamiz ushbu sohani faol rivojlantirib kelmoqda va o'zining bir necha ishlab chiqgan mahsulotlariga ega:

SAYT (Soliqlarni Aqlli Yig'ish Tizimi) — tushumlarni o'z vaqtida ta'minlash, IT-yechimlar bilan birlashtirish va aholi tomonidan soliqlarni to'lashda shaffoflikni ta'minlashga yo'naltirilgan soliqlarni yig'ish tizimi.

Ushbu tizim O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi bo'limlar va inspeksiyalar inspektorlari faoliyatini avtomatlashtirish va optimallashtirish uchun mo'ljallangan.

EcoPayment — maishiy chiqindilar va axlat uchun to'lovlarni yig'ishni ta'minlovchi dasturiy ta'minot.

Tizim ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Davlat qo'mitasida joriy qilingan.

IQPay — jismoniy va yuridik shaxslardan issiqlik energiyasi uchun to'lovlarni yig'ish uchun mo'ljallangan dasturiy ta'minot bo'lib, u inson omilini yo'qotgan holda inspektorlar, qarzlar va iste'molchilarning harakatini kuzatib boradi.

Ushbu tizim muvaffaqiyatli joriy etilgan va «TOSHISSIQQUVATI» inspektorlari ish jarayonini optimallashtiradi.

Har yili moliyaviy texnologiyalar biznesga bo'lgan ta'sirini oshiradi, bu esa kelajakda katta texnologik taraqqiyotga olib keladi.