So’rov yuborish
Single news

Bu fantastikami yoki haqiqat?!

Microsoft insonlar hayotini tark etganlarning raqamli klonlarini yaratish texnologiyasini patentladi. Sun'iy intellekt botlarini yaratish hozirgi kundagi odamlar ma'lumotlari va ularning biologik omillari asosida o'rganiladi.

Loyiha g'oyasi shundan iboratki, tirik yoki vafot etgan odamning ovozi namunalari, uning fotosurati, ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlari va boshqa ma'lumotlarni to'plash orqali tirik yoki allaqachon vafot etgan odamlarning raqamli nusxalarini ishlab chiqishga imkon yaratish.

Ushbu texnologiyani sun'iy intellekt yordamida amalga oshirish mumkin. Microsoftda patentlangan ushbu loyihalar Windowsdagi Cortana kabi mavjud ovozli yordamchilar ishini yaxshilashi mumkin.

Texnologiyani 2021 yilda taqdim etish rejalashtirilmoqda.