So’rov yuborish
Single news

Genesis Innovation IT sohasida chegaralarni ochishda davom etmoqda.

Bizning kompaniya birinchilardan bo'lib O'zbekistonda loyiha ofisini ishga tushirdi. PMO joriy qilinishi kompaniya ichidagi, shuningdek, hamkorlar uchun ham loyihalar bilan bog’liq kutilmagan vaziyatlar va nizolar kelib chiqish xavfini imkon qadar oldini oladi.

PMO aslida nima?

Project Management Office (PMO) – bu kompaniyaning barcha loyihalarini, jumladan, yo’naltirish, monitoring, byudjet va grafiklarni kuzatib borish, shuningdek, jamoa va loyihadagi barcha manfaatdor tomonlarning aloqada bo’lishini umumiy nazoratga oladigan, loyihalar portfelini boshqarish ofisidir. Buning barchasi ham rahbarga, ham buyurtmachiga loyiha jarayonlarini tushunish va kuzatib borish imkonini beradi.

PMO buyurtmachi uchun qanday ahamiyatga ega?

Ushbu ko’rinishdagi loyihalarni boshqarish nafaqat o'z loyihalarini olib borish uchun, balki O'zbekistondagi xalqaro PMO amaliyotiga muvofiq dasturiy ta'minotni ishlab chiqish va loyihalarni boshqarish xizmatlaridan foydalanishni istagan hamkor kompaniyalar uchun ham joriy qilingan.⠀

Faoliyat davomida hamkor kompaniyaning loyiha menejeri to'g'ridan-to'g'ri loyihani ishlab chiqishda va uslubiy ta'minotni tayyorlashda ishtirok etadi. Bu kelajakda sifat, xatarlar, xodimlar va boshqa jarayonlarni boshqarishga ijobiy ta'sir ko’rsatadi.

Biz axborot texnologiyalari dunyosida yangi imkoniyatlarni ochishdan mamnunmiz, shuningdek, yangi hamkorliklarga doim tayyormiz.