So’rov yuborish
Single news

Xalqaro «AKT sohasida qizlar» kuni.

Axborot texnologiyalari olami ixtirochilar, dasturchilar, tadqiqotchilar bilan to'la va ularning ko'pchiligini erkaklar tashkil etadi.

Ammo ko'p ixtirolar ayollar ishtirokisiz ilojsiz qolgan bo'lar edi, chunki ular IT sohasining rivojlanishiga ta'sir ko'rsatishgan.

1. Ada Lavleys dunyodagi birinchi dasturchi sifatida tanilgan. 1842 yilda Ada "Bebbijning katta ayirish mashinasi" uchun birinchi algoritmini yozgan bo'lib, u yer yuzidagi eng birinchi kompyuter hisoblanadi. Shuningdek, u "ish xujayrasi" va "sikl" kabi tushunchalarga asos solgan.

2. Karen Spark Jons kompyuterlarni inson tilini tushunishga o'rgatgan. Karen foydalanuvchilarga tenglamalar va kodlar o'rniga oddiy so'zlardan foydalangan holda kompyuterlar bilan o'zaro aloqada bo'lish imkoniyatini beradigan izlash va axborotni taqdim etish texnologiyalarini ishlab chiqdi. Uning texnologiyasi Google kabi izlash mashinalarining asosiga aylangan.

3. Greys Hopper — Amerika olimi va AQSh floti kommodori. Greys dasturlashning mustaqil-mashina tillari konsepsiyasini ilgari surdi, bu esa COBOL tili yaratilishiga olib keldi (birinchi darajali dasturlash tillaridan biri). Greysning xizmatlari bo'lmaganida, hozirgi dasturlash mutlaqo boshqacha bo'lgan bo'lar edi.