So’rov yuborish
Single news

MiTC dan Litsenziya

2019 yil 3-iyulda kompaniyamiz telekommunikatsiya xizmalatlarini loyihalashtirish, qurish, foydalanish va xizmat ko‘rsatish sohasida telekommunikatsiya faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani qo‘lga kiritdi.

Ushbu litsenziya O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 22-noyabrdagi 458-sonli “Telekommunikatsiya va pochta aloqasi sohasidagi boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” tasdiqlangan “Telekommunikatsiya sohasadagi faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Axborot Texnologiyalari va Kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi tomonidan berilan.