So’rov yuborish
Single news

29 mart kuni «GENESIS INNOVATION» MChJ o'zining 3 yilligini nishonlaydi.

IT sohasida 3 yildan beri faoliyat yuritib, biz ayrim ko'rsatkich va yutuqlar bilan faxrlana olamiz!

Hatto pandemiya vaqtida ham kompaniyamiz o'z oldiga qo'ygan ko'plab maqsadlarga erishdi, hamkorlar, xodimlar va albatta lohiyalar soni oshdi.

Samarali jamoani yig'ish uchun ko'plab kuch sarflandi. Axir har bir xodim — bu bizning katta oilamizning ajralmas qismi!

Biz hamkorlarimiz safi SUNMI, PAX, PM va Universal Bank kabi kompaniyalar bilan ko’paygani borasida g'urur bilan xabar bera olamiz! Bunda har bir kompaniya o'z hissasini qo'shdi va bu o'zaro manfaatli mahsuldor hamkorlikka olib keldi.

Biz 100 dan ortiq loyihalarni muvaffaqiyatli yo’lga qo’yganmiz. Shuningdek, erishilgan yutuqlarda to'xtab qolmoqchi emasmiz, axir bizning maqsadimiz: IT sohasida yetakchi ta’minotchiga aylanish.

Jamoamizga ko'rsatayotgan faoliyati, mehnati va do'stona muhit uchun rahmat aytamiz. Bizning ahil jamoamizni oldinda hali yana ko'plab yutuqlar va ulkan rejalar kutmoqda!

Tug'ilgan kun muborak bo'lsin!