So’rov yuborish
Single news

Birinchi ayol dasturchi.

Dasturlash hayotimizning barcha sohalarini qamrab oladi va millionlab insonlar manfaatlariga ta'sir ko'rsatadi. Dasturiy ta'minotni ishlab chiqish tufayli yashash va faoliyat yuritish yengillashdi.

Bu kunda birinchi EHM modeli uchun dasturlash tilini ixtiro qilib, dunyodagi birinchi ayol dasturchiga aylangan Ada Lavleysni eslamaslik mumkin emas. U zamonaviy kompyuterlarning nafaqat hisoblash uchun, balki grafik va tovush bilan ishlash uchun ham ko'p funksional mashinalar sifatida paydo bo'lishini bashorat qilgan edi.

Uning sharafiga dasturlash tilini ADA deb nomlashdi, uning tug'ilgan kuni 10 dekabrni esa alternativ Dasturchilar kuni sifatida nishonlanadi.