So’rov yuborish
Single news

2020 yil natijalari sarhisobini qilish vaqti keldi!

Bizning jamoamiz yakuniga yetayotgan yilda bo'lib o'tgan voqelarni esga olib, ular bilan bo'lishishga qaror qildi.

Yil mobaynida qo'yilgan ko'plab maqsadlarga erishildi, loyihalar muvaffaqiyatli tarzda yaratilib, ishga tushirildi, xodimlar tarkibida va kompaniya faoliyati tuzilmasida o'zgarishlar bo'lib o'tdi.

Yil boshidanoq kompaniya saytini yangiladik, DSQ, GTL, Ko'prikqurilish, ATTO, Toshissiqquvvat kabi tashkilotlar bilan birga hamkorlik olib borish orqali quyidagi loyihalarni amalga oshirishning uddasidan chiqdik: omborxona hisobini yuritish, HR (ESM) tizimi, elektron hujjatlar aylanish tizimi (EDM), jismoniy shaxslardan soliqlarni yig'ish tizimi (S.A.Y.T.), skoring, isitish va issiq suv uchun to'lovlarni yig'ish tizimi (IQPay), shuningdek veb-servislar: atto.uz, avtoticket.uz, frutime.uz, @CardXabarBot.

Pandemiya va karantin vaqtida biz faoliyatimizni to'xtatmadik. Kompaniyamizning to'g'ri ishlab chiqilgan va o'ylangan siyosati hamda loyihalarni boshqarish metodologiyasi Waterfall'dan Agile'ga o'zgartirilishi orqali har qanday faoliyat yurituvchi kompaniyalarning biznes-jarayonlarini avtomatlashtiruvchi dasturiy mahsulotlarni tezlik bilan ishlab chiqib, joriy etdik, shuningdek, kichik va o'rta biznes uchun mahsulotlar tarif rejalarini tayyorladik.

Bizning kompaniyamiz to'lov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo'ldi. Biz 2021 yilda bizning yangi loyihamizni tatbiq etish ustida ishlamoqdamiz, bu haqida kelgusi postlarimizda aytib o'tamiz!

Bugungi kunda bizning katta va ahil jamoamizga xodimlarni qabul qilish davom etmoqda. Biz talabalarni ishga olish bo'yicha dasturni joriy etdik, u muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirildi, buning natijasida jamoamizda yosh, kelajagi porloq va g'ayratli xodimlar faoliyat yuritib kelmoqda!

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlashni istaymizki, bu yil jamoamiz ko'p narsalarni o'rgandi va ko'plab bilimlarga ega bo'ldi. Biz faoliyatimiz doirasida rivojlandik, oldimizda yangi yo'nalishlar, targ'ibotning zamonaviy usullari va ulkan imkoniyatlar ochildi!