Dasturiy ta'minot integratsiyasi va u qanday ishlaydi?
Integratsiya — bu biznes jarayonlarni avtomatlashtirishning muhim qismi.
Ko'pincha yirik kompaniyalar o'zaro ma'lumot almashish va uni qayta ishlash uchun bir nechta dasturiy ta'minot tizimlari va mahsulotlarini birlashtirishi kerak bo'ladi.
Integratsiya web-integratsiya va ma'lumotlar integratsiyasiga bo'linadi.
Web-integratsiya — bu web-dasturlar va tizimlarni yaxlit web-bazaga birlashtirish.
Ma'lumotlar integratsiyasi — bu turli xil manbalardan olingan ma'lumotlarni birlashtirish va foydalanuvchi uchun ularni bir shaklda taqdim etish.
Bularning barchasidan maqsad, foydalanuvchi tizimga kiritadigan ma'lumotlar avtomatik ravishda boshqa tizimga o'tkazilishida. Va tizimga kiritilgan ma'lumotlardan ko'plab vazifalarni hal qilish uchun ko'p marotaba foydalaniladi.
Masalan, bizning kompaniyamiz dastlab ishlab chiqilgan dasturiy ta'minotni joriy qiladi, keyin uni avtomatlashtirgan va yagona ma'lumotlar bazasini yaratgan holda boshqa tizimlar bilan birlashtiradi.
Jarayonlarni avtomatlashtirish afzalliklari haqida esa oldingi postda aytib bergan edik :)