So’rov yuborish
Single news

AT-infratuzilmasida AT-auditining maqsad va vazifalari.

AT-infratuzilmasi nima?

Axborot tizimlarining infratuzilmasi — bu axborot maydonining ishlashi va rivojlanishini ta'minlovchi tashkiliy tuzilmalar tizimi va axborotning o'zaro ta'siri vositalari.

AT-auditi nima?

AT-auditi — bu kompaniyaning yoki uning bo'linmalarining AT-infratuzilmasi ishini, uning ma'lum standartlarga, siyosat va qoidalarga muvofiqligi bo'yicha batafsil o'rganish, tahlil qilish va ekspertlik bahosini tayyorlash.

AT-auditining maqsad va vazifalari. Auditni qachon o'tkazish talab etiladi?

Agar kompaniyada dasturiy ta'minotni qayta tashkil etish va yangisini joriy qilish, axborot bo'limi moliyaviy xarajatlarini kamaytirish, biznes-jarayonlarni optimallashtirish va kompaniyaning rivojlanishiga to'sqinlik qiladigan "kuchsiz" taraflarni aniqlash rejalashtirilayotgan bo'lsa, AT-auditini o'tkazish lozim. Shuningdek, audit tekshiruvi o'tkazilishining sababi mulkdorning o'zgarishi yoki barcha bo'limlarning joriy holati to'g'risida bilishi kerak bo'lgan boshqaruv tuzilmasi bo'lishi mumkin.

AT-auditi vazifasi — butun AT-infratuzilmasining samaradorlik koeffitsientini aniqlash, axborot tizimini "tartibga keltirish" va mumkin bo'lgan texnik xavflarning oldini olish.

AT-auditi ishlari kompaniyaning o'ziga xos xususiyatlari va uning AT-infratuzilmasining ko'lamiga qarab 2 haftadan 2 oygacha davom etadi. AT-auditi har qanday miqyosli kompaniya uchun foydalidir, hattoki uning axborot tizimida boryo'g'i bir nechta kompyuterlar bo'lsa ham.

Auditdan so'ng siz turli xil hisobotlar va tavsiyalarga ega bo'lasiz. Ulardan biznes-jarayonlarni yaxshilash, harajatlarni kamaytirish va kompaniya faoliyati samaradorligini oshirish uchun foydalaning.