
Smart Bus Station — boshqarish tizimi
Smart Bus Station – bu avtovokzal va avtostansiyalar faoliyatini avtomatlashtirish tizimi.
Tizim kassirlar, dispetcherlar, jadval bo'limlari, chipta agentliklari, buxgalteriya va avtovokzal boshqaruvi faoliyatini avtomatlashtirish imkonini beradi.
Dastur avtobus qatnovlarini boshqarish, qatnov ro'yxatlari va bajarilgan reyslar, sotilgan chiptalar to'g'risida hisobot beradi.
Shuningdek, ushbu tizim barcha mavjud savdo nuqtalari (chipta kassalari, o'ziga o'zi xizmat ko'rsatish terminallari va chiptalarni onlayn sotish sayti) orqali chiptalar sotuvini tartibga soladi.