So’rov yuborish
single portfolio

U SCORING — to'lov qobiliyatini tekshirish

U Scoring — UZCARD bank kartasi egasining to'lov qobiliyatini tahlil qilish.

Mijozning to'lov qobiliyatini raqamli statistik usullarga asoslangan analitik baholash tizimi.

Qarz oluvchining moliyaviy va ijtimoiy xususiyatlari ma'lum ballarga ega. Tizim anketadan avtomatik ravishda "ballarni hisoblaydi" va qarz oluvchining qanchalik ishonchliligi haqida natija chiqaradi. To'plangan ballar natijalariga ko'ra, tizim kredit, mikromoliya yoki muddatli to'lov asosida tovar va xizmat ko'rsatish imkoniyatini tasdiqlash yoki rad etish to'g'risida qaror qabul qiladi.

Ushbu mahsulot yordamida hujjatlarni tekshirish va ma'lumotlar bazasi bilan solishtirish vaqti qisqaradi, 30 soniya ichida qaror chiqariladi, mijozning anketasini tekshirish xolis amalga oshiriladi.