
EWM tizimi
Electron Warehouse Manager – turli xildagi omborxonalar, shuningdek, hududiy bo'lingan omborxonalar faoliyatini avtomatlashtiruvchi dasturiy mahsulot.
EWM topshiriqlar va omborxona operatsiyalarini boshqarish jarayonlarini optimizatsiya qiladi va samaradorligini oshiradi:
- buyurtma, savdo, yetkazish va arizalarni rasmiylashtirish uchun ERI (elektron raqamli imzo)dan foydalanish;
- bir-biridan uzoqda joylashgan ofislardan turib, yagona tizimda ishlash imkoni;
- omborxona logistikasining biznes-jarayonlarini optimizatsiya qilish;
- tovar qoldiqlari, tovarni harakatlantirish, xodimlar bandligi, omborxona maydonlarini to'ldirishni nazorat qilish;
- partiyalar, tovarlar va ularni yig'ishni QR-kod yordamida bajarish;
- omborxona ishini uzilishlarsiz inventarizatsiya qilish, chunki haqiqiy qoldiqlar hisobga olinganlari bilan to'g'ri keladi;
- xodimlar xatolarini kamaytirish;
- omborxona xodimlarini qo'shimcha ko'nikmalarga ehtiyoj sezmasdan tizimda ishlashga o'rgatish.
Tizim 1C bilan integratsiya qilingan va qog'oz hujjatlaridan halos qilgan holda real vaqt davomida xarid qilingan tovarlar to'g'risida barcha ma'lumotni sinxron tarzda yuritadi.