- Potensial foydalanuvchilar ehtiyojlarini tahlil qilish, mahsulot ko'rsatkichlariga ijobiy ta'sir ko'rsatuvchi mahsulotlarni, taxminlarni tekshirish
- Mahsulotni rivojlantirish uchun funksional va mahsulot talablarini shakllantirish: mavjud funksiyalarni optimallashtirish va yangilarini joriy etish, yangi/mavjud funksiyalarni rivojlantirish uchun interfeyslarni UI/UX-loyihalash
- Mahsulotni chiqarish uchun qisqa yoki uzoq muddatli rejani shakllantirish
- Ishlab chiqarish jarayonini olib borish va joriy etish, muddatlarni nazorat qilish, taqsimlangan jamoani boshqarish
- Loyihalarni va AT-mahsulotlarini yaratish, integratsiya qilish, joriy etish vazifalarini boshqarish
- Mahsulotni rivojlantirish strategiyasini va biznes o’sish taktikasini aniqlash
- Loyihalar muddatini, resurslar, byudjetni (loyihaning to’liq hayotiy sikli) baholash va rejalashtirish
- Texnik vazifa va loyiha hujjatlarini tayyorlash
- Axborot tizimi va funksional talablar konsepsiyasini shakllantirish
- AT-ning arxitekturasi va tizim dizaynini yaratishda ishtirok etish
- Loyihalarni boshqarish va xavflarni baholash
- Ishlab chiqarilgan mahsulotlarni tashkil etish va sinovdan o'tkazish
- Loyihalarni muddat, moliya, natija, sifat bo’yicha bajarilishini nazorat qilish
- Buyurtma beruvchining ehtiyojlarini tahlil qilish va biznes-jarayonlarini tekshirish
- Texnik yozuvchilar bilan birgalikda hisobot hujjatlarini tayyorlash, buyurtma beruvchi bilan hujjatlarni o’zaro moslashtirish va ish natijalarini buyurtmachiga yetkazish
- Sifat va manfaatdor tomon istaklarini boshqarish
- Loyihaning o’z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash va samaradorlikning asosiy ko'rsatkichlari bajarilishini nazorat qilish
Talablar:
- Texnik yoki iqtisod sohasida oliy ma’lumotga ega bo’lish
- 2 yildan buyon loyihalarni yoki shunga o’xshash yo’nalishda mahsulotlarni boshqarish tajribasiga ega bo’lish
- Portfolioda muvaffaqiyatli amalga oshirilgan loyihalarga ega bo’lish
- Maxsus loyiha guruhlarini, shu jumladan Taqsimlangan guruhlarni boshqarish tajribasi
- Agile yoki Scrum metodologiyasi bo’yicha muvaffaqiyatli loyiha boshqarish tajribasi
- Zamonaviy loyihalarni boshqarish tizimlari, vazifalarini bilish (Trello, Jira, Realtimeboard, Slack, Mindnode, Wrike va boshqalar)
- Loyihaning asosiy biznes-jarayonlarini (tashkiliy, analitik, moliyaviy, hujjat) yaratish tajribasi
- Ingliz tilini bilish: IT bo’yicha ixtisoslashgan texnik adabiyotni o’qiy olish, dasturlar matnini izohlashni bilish
- Rus va o’zbek tillarini og’zaki va yozma ravishda bilish
Sharoitlar:
- Rasmiy ishga joylashish
- O'z vaqtida ish haqi olish
- To'liq ish tartibi: Dushanba-Juma 9:00 dan 18:00 gacha
- Karyera qurish imkoniyati
- Onlayn-o'qish kurslariga bepul obuna bo'lish
- Zamonaviy texnika va qahva-mashinasiga ega qulay ofis
- Qiziqarli korporativlar va ish joyidagi do'stona muhit
- Ish izlovchilarni topish, tanlash va baholash. Nomzodlar bilan suhbat o’tkazish
- Yaqin vaqt uchun va kelajakda kadrlar ehtiyojini rejalashtirish, xodimlar zaxirasini yaratish, shuningdek kerakli mutaxassislarni tezkor izlash
- Protseduralarni ishlab chiqish va amalga oshirish: motivatsion tizim, bonus tizimi, OFI (G’oyalarni boshqarish), SLA (strategik boshqarish va vazifalar), xodimlar natijalarini va ularning o’sishini baholash, o’qitish samaradorlik tizimini baholash, attestatsion tizim
- Kompaniya va xodimlar KPI-larini ishlab chiqish, joriy etish va tahlil etish
- Tashkilot doirasida xodimlar salohiyatini ro'yobga oshirish uchun doimiy, uzoq muddatli, uzluksiz malaka oshirish va takomillashtirish bilan shug'ullanish
- Kadrlar uchun biznesni rivojlantirish strategiyasi va kompaniyaning global maqsadlari bilan bog'liq aniq vazifalarni bajarish uchun ko'nikma, bilim, tushuncha va ichki motivatsiyani har tomonlama shakllantirishni ta'minlash
- Tashkilotda ISO 9001:2008 asosidagi Sifat menejmenti tizimini (SMT) joriy etish va olib borish
Talablar:
- Psixolog/sotsiolog/HR sohasida oliy ma’lumotga ega bo’lish (sertifikatga ega bo’lish maqsadga muvofiq)
- Taxminan 3 yil HR bo'yicha ish tajribasi (IT sohasida bo’lishi maqsadga muvofiq)
- Barcha darajadagi menejerlar bilan yaqindan ishlash, ularning bo'limlari va o'qitish talablarini to'liq anglash bilan ishlash qobiliyati
- Xodimlarni o'qitish va malakasini oshirish uchun ajratilgan byudjetni rejalashtirish va boshqarish qobiliyati
- Xodimlarni tayyorlash bilan shug'ullanuvchi ta'lim tashkilotlari, alohida ma'ruzachilar va mutaxassislar bilan munosabatlar o'rnatish
- Aqliy va mahalliy muzokaralar yoki katta uchrashuvlarni moderator yoki yordamchi sifatida kuzatib borish qobiliyati
- Kadrlarni baholash usullarini qo'llash tajribasiga ega bo’lish va rekrutingning eng zamonaviy usullarini qo'llash
- Nafaqat tayinlangan vazifalarni bajarish, balki faolliklarni tashabbus etish va ularni amalga oshirish
Sharoitlar:
- Rasmiy ishga joylashish
- O'z vaqtida ish haqi olish
- To'liq ish tartibi: Dushanba-Juma 9:00 dan 18:00 gacha
- Karyera qurish imkoniyati
- Onlayn-o'qish kurslariga bepul obuna bo'lish
- Zamonaviy texnika va qahva-mashinasiga ega qulay ofis
- Qiziqarli korporativlar va ish joyidagi do'stona muhit